Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish O‘zbekistonga nega kerak? — xalqaro ekspert javob berdi

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish O‘zbekistonga nega kerak? — xalqaro ekspert javob berdi

Foto: REUTERS

Toshkentda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiya doirasida Xalqaro soliq va sarmoya markazi (International Tax and Investment Center) nodavlat tashkiloti prezidenti Deniel Uitt va Energiya, o‘sish va xavfsizlik dasturi direktori Ariel Koenlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonning mintaqada tutgan o‘rni, energiya manbaalarni rivojlantirish istiqbollari va Afg‘oniston bo‘ylab tranzit masalalari bo‘yicha mutaxassislar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

«O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi ko‘p aholiga ega bo‘lgan mamlakat. Ikki davlat hududidangina dengizga chiqa oladigan mamlakatingiz eshiklarini investorlar uchun ochmoqda. 2016 yildan boshlab Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy rivojlanish, ta’lim va hukumat shaffofligini qamrab oluvchi ulkan islohotlar strategiyasini taklif qildi», dedi Ariel Koen.

«Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi shimoldan janubga transport yo‘nalishlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu O‘zbekistonga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi», deydi Xalqaro soliq va sarmoya markazi eksperti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring