Afg‘onistonda prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi

Afg‘onistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tganidan qariyb uch oy (28-sentyabr) o‘tib, dastlabki natijalar e’lon qilindi.

Saylovchilarning 50,64 foiz ovozini to‘plagan amaldagi prezident Ashraf G‘ani yetakchilik qilmoqda, deyiladi «Tolo News» telekanali Mustaqil saylov kosmissiyasi (IEC) ma’lumotlariga asoslanib tarqatgan xabarda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yilgi prezidentlik saylovlarida Ashraf G‘ani 923 868 ta (50,64 foiz) ovoz to‘pladi, uning asosiy raqibi, mamlakat bosh vaziri Abdulla Abdullada 720 990 ta (39,52 foiz) ovoz bor. Uchinchi o‘rinda esa sobiq bosh vazir, afg‘on mujohidlari sobiq yetakchisi Gulbiddin Hikmatiyor ketmoqda — 3,85 foiz ovoz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter