Afg‘onistonda Navoiy va Bobur tavallud kuni nishonlandi
Afg‘onistonda o‘zbek, fors, ingliz va pushtun tilida chop etiladigan «Salam Watandar» gazetasi xabariga ko‘ra, Badaxshon viloyatida Alisher Navoiy va Zahiriddin Boburning tavallud ayomi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tgan.
Tadbirda buyuk shaxslar she’riyatidan namunalar o‘qilgan, ular ijodi, hayot yo‘li haqida gapirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, avvallari Afg‘onistonda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburninng tug‘ilgan ayyomlari keng qamrovda nishonlangan.
– Ikki yildan buyon bunday tadbirlar ozaygan. Lekin, har qanday holatda ham Afg‘oniston o‘zbeklari qadriyatlarimiz bilan bog‘liq ayyomlarni avval ham o‘tkazgan, hozir ham o‘tkazayapti, kelajakda ham o‘tkazadi, – dedi Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniy ishlar bo‘yicha mas’uli Muhammadsobir Turkistoniy «Xabar.uz» bilan suhbatda. – Zero, Alisher Navoiy bobomiz Hirotda tug‘ilgan. Demakki, ular Afg‘onistonning ham, O‘zbekistonning ham birdek farzandi. Buyuk vatandoshimiz xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodga ular meroslarini singdirish burchimizdir, – deb so‘zini yakunladi mulozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter