Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyotda tirik qolganlar bor

Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyotda tirik qolganlar bor

Afg‘onistonda Falcon-10 yo‘lovchi samolyoti halokatidan to‘rt kishi tirik qoldi, ular turli tan jarohatlari olgan, yana ikki nafarining taqdiriga oydinlik kiritilmoqda. Bu haqda Rocciya Federal havo transporti agentligi xabar berdi.

Reuters agentligi afg‘on rasmiylariga tayanib, ikki kishi halok bo‘lganini yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, samolyot bortida olti kishi bo‘lgan: to‘rt nafar ekipaj a’zosi va ikki yo‘lovchi. Yo‘lovchilar volgodonsklik tadbirkor Anatoliy Yevsyukov va uning rafiqasi Anna edi.

Ekipaj a’zolarining ham ismlari e’lon qilindi: Dmitriy Belyakov, Arkadiy Grachev, Igor Sivorotkin va Pavel Popov.

Samolyot Rossiyaning «Atletik Grupp» kompaniyasi va jismoniy shaxsga tegishli bo‘lib, Gaya (Hindiston) – Toshkent (O‘zbekiston) – Jukovskiy (Rossiya) yo‘nalishi bo‘yicha tez yordam charter reysini amalga oshirayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring