Afg‘onistonda 400 ta jangchi harbiy tayyorgarlikdan o‘tmoqda

«Tolibon» harakati mamlakat janubida joylashgan Zabul viloyatida harbiy tayyorgarlik markazi ochilganini e’lon qildi. Bu haqda harakat o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilgan.
«Zabul viloyatida harbiy tayyorgarlik markazi ochildi. Afg‘oniston Islom Amirligidan 400 ta jangchi birinchi tayyorlov o‘quv mashqlariga qabul qilindi», — deyiladi harakatning Tvitterda joylashtirilgan bayonotida.
Avvalroq, Afg‘onistonda mamlakatning oxirgi monarxi — Zohirshoh davrining konstitutsiyasi qo‘llanilishi haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter