Afg‘onistonda 20 kishi qahratonda halok bo‘ldi
Havoning keskin sovib ketishi oqibatida Afg‘onistonda 20 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi TOLOnews telekanali.
Bundan tashqari, sovuq urgan kamida 70 kishi Hirotdagi shifoxonaga keltirilgan.
Qahratonda eng ko‘p aziyat chekayotganlar — qorni och va uyini isitishga qurbi yetmaydigan qashshoq aholi.
Favqulodda qish qahratoni jonivorlarni ham ayamayapti, xabarga ko‘ra, sovuqda qolgan qariyb 4 ming bosh qoramol nobud bo‘lgan.
BMT insonparvarlik masalalari boshqarmasi xabar berishicha, bu hafta Afg‘onistonda havo harorati -35 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter