Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda 10 ming mahbus ozod etildi. Nega?

Afg‘onistonda 10 ming mahbus ozod etildi. Nega?

Afg‘oniston rasmiylari koronavirusning tarqalishini sekinlashtirish maqsadida 10 minggacha mahbuslarni - asosan ayollar, voyaga yetmaganlar va kasallarni ozod etishni buyurdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning «The Telegraph» nashri xabar bergan.

Ushbu harakat mahalliy «COVID-19» holatlari ko‘payganidan va qo‘shni Erondan o‘n minglab afg‘onliklar pandemiya bilan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlardan qaytganidan keyin sodir bo‘ldi.

«Prezident Ashraf G‘anining farmoni ayollarga, yosh huquqbuzarlarga, og‘ir kasal bemorlarga va 55 yoshdan oshgan mahbuslarga qaratilgan», dedi Bosh prokuror Farid Hamidi.

«Farmon milliy va xalqaro xavfsizlikka qarshi jinoyatlar qilganlarga tegishli emas», deya izoh berilgan rasmiy bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring