Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston va «Tolibon» o‘rtasidagi sulh muddati uzaytiriladi

Afg‘oniston va «Tolibon» o‘rtasidagi sulh muddati uzaytiriladi

Foto: «RIA NOVOSTI»

Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla «Tolibon» radikal harakati Afg‘oniston hukumati bilan muvaqqat sulhdan keyin tinchlik muzokarasi olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Afg‘oniston bosh vaziri bu haqda Italiyaga tashrifi asnosida ma’lum qilgan.

«Hukumat ham, «Tolibon» harakati ham tinchlik tarafdori. Umid qilamanki, «Tolibon» xalq xohishiga qarshi bormaydi va tinchlikni ta’minlash bo‘yicha muzokarada qatnashadi», — degan Abdulla Abdulla.

Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani «Tolibon» bilan vaqtinchalik (11–19 iyun) sulhga erishilganini ma’lum qilgan edi.

«Tolibon» esa ramazon hayiti munosabati bilan 3 kunlik sulh tuzilganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring