Afg‘oniston va Pokiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi
Kecha, 6 sentyabr kuni «Tolibon» jangarilari va Pokiston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma Torxam nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida sodir bo‘lgan. Buning oqibatida «Tolibon» vakillarining 4 nafari halok bo‘lgan, 10 nafari yaralangan.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Pokiston chegarachilari bufer zonada istehkomlar qurmoqchi bo‘lgan. Dastlab Pokiston tomoni o‘t ochgan. Hozirda nazorat punkti orqali harakatlanish to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Afg‘onistonga qo‘shni bo‘lgan Eron bilan chegarada ham yirik to‘qnashuv yuz bergan edi. Sodir bo‘lgan otishmada ikki eronlik chegarachi va bir «Tolibon» jangchisi halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter