Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslаhatchisi Toshkentga keladi

Afg‘oniston Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslаhatchisi Toshkentga keladi

Foto: «Karelskiye Vesti»

Bugun, 9-fevral kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Hukumat, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat tuzilmalarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan, shuningdek, «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyani Toshkent shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring