Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston Prezidenti Toshkentga yetib keldi

Afg‘oniston Prezidenti Toshkentga yetib keldi

Foto: O‘zA

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Toshkentga keldi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bugun, 26-mart kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Afg‘oniston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani muzokara o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring