Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston Islom amirligi matbuot kotibi TIVga maktub yubordi

Afg‘oniston Islom amirligi matbuot kotibi TIVga maktub yubordi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga Mustaqillik kuni munosabati bilan Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid nomidan tabriknoma keldi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Tabrikda shunday deyiladi:

«Biz qo‘shni do‘st O‘zbekiston Hukumati va xalqini Mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklaymiz va bizning eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz.

Biz Qodir Ollohdan O‘zbekiston xalqi va hukumatining yuksak qadr-qimmati va g‘ururini asrashini tilab qolamiz.

O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarini nafaqat yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, balki umumiy diniy, madaniy va ma’naviy qadriyatlar birlashtiradi va bu mushtaraklik mamlakatlarimiz xalqlarini yanada bir-biriga yaqinlashtiradi.

Biz O‘zbekiston bilan tinchlik va barqarorlikda, do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bog‘lab qolamiz».

Zabihulloh Mujohid,
Afg‘oniston Islom Amirligi
Matbuot kotibi

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring