Afg‘oniston elektr importi bo‘yicha O‘zbekiston bilan yangi kelishuvga erishmoqchi
Afg‘onistonning Energetika va suv vaziri vazifasini bajaruvchi mulla Abdul Latif Mansur boshchiligidagi delegatsiya elektr energiyasi importi bo‘yicha shartnoma tuzish maqsadida O‘zbekistonga keldi.
Baxtar axborot agentligining afg‘on vaziriga tayanib ma’lum qilishicha, mulla Abdul Latif Mansur O‘zbekiston rasmiylari bilan Afg‘onistonga import qilinadigan elektr energiyasi bitimlarini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni maqsad qilgan.
Shu bilan birga, Afg‘oniston Energetika va suv vazirligi mamlakat g‘arbida shamol energetikasi tarmog‘i yaratilishini ham ma’lum qilgan.
Vazirlik mutasaddilariga ko‘ra, Hirot va Farah viloyatlarida shamoldan elektr energiyasi ishlab chiqarish tarmoqlari tashkil etilishi va aholi ehtiyojlarining bir qismi shu yo‘l bilan qondirilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston so‘nggi paytlarda Afg‘onistonga eksport qilinadigan elektr energiyasi hajmini ancha qisqartirgani va mahalliy xalq uchun bu ko‘plab muammolarni keltirib chiqarayotgani ta’kidlangan.
Manbaga ko‘ra, afg‘on hukumati O‘zbekistonga avvalgi hukumat davridan qolgan 35 million dollarni to‘lab berishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter