Afg‘oniston chegarasidagi otishma haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston manbalariga tayanib, go‘yoki 2022-yil 4-mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma sodir bo‘lgani, uning oqibatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
«Shuni ma’lum qilamizki, tarqatilgan xabarlar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chegarada vaziyat osoyishtaligicha qolmoqda, janubiy sarhadlarni qo‘riqlash odatdagi tartibda olib borilayotir.
Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ham turli internet nashrlarida paydo bo‘lgan maqolalarni yolg‘on va asossiz deb atadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ommaviy axborot vositalaridan jurnalist etikasiga qat’iy rioya qilishga, o‘z manbalarida noto‘g‘ri va tekshirilmagan ma’lumotlarni joylashtirishdan saqlanishga chorlaydi», deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter