Aeroportda o‘nta buqalamunni olib kirayotgan fuqaro ushlandi

31-avgust kuni esa Misrdan Toshkentga uchib kelgan fuqarolar Toshkent xalqaro aeroportida yashil yo‘lakdan harakatlanar ekan, ular orasidagi fuqaro Ya.J. bezovtalanishi tufayli o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada ushbu shaxsning yuklari orasidagi plastik idishda 10 dona buqalamun borligi aniqlandi.
Ushbu buqalamunlarning umumiy qiymati 54,7 millionni tashkil qiladi.
Hozirda buqalamunlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan bo‘lib, tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli, mutaxassislar tomonidan ulardan 6 tasining ahvoli og‘ir, deyiladi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqish Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq Toshkent aeroportida 54 bosh timsoh ushlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter