Toshkent aeroportida bojxona nazoratidan o‘tish tartibi soddalashtirildi
«Toshkent» xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida masofaviy bojxona nazorati tizimi ishga tushirildi.
Mazkur tizim nazorat kameralari va parvoz haqidagi oldindan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yo‘lovchilar va ularning yuklarini bilvosita bojxona nazoratidan o‘tkazishda ko‘makchi bo‘ladi.
Terminalning butun perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan kameralar bojxona organlariga real vaqt rejimida masofadan turib vaziyatni kuzatish va faqatgina zarur hollarda yo‘lovchilarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish imkonini beradi.
Bu esa, o‘z navbatida, xorijga otlangan yo‘lovchilar bojxona nazoratidan tezroq va kechikishlarsiz o‘tishiga imkon deganidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter