Advokat: «Gulnora Karimova qamoqxonadan tez yordam mashinasida olib ketildi»
Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja o‘zining tvitterdagi sahifasida mijozi qamoqxonadan tez yordam mashinasida olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.
Advokatning yozishicha, u Gulnora Karimova bilan uchrashish uchun Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasiga kelgan. Ichkariga kirish uchun ruxsat berishlarini kutib turgan vaqtda koloniyadan bir nechta tez yordam mashinalari chiqib ketgan.
Greguar Manjaning ta’kidlashicha, avtomobillardan birida Gulnora Karimova bo‘lgan. Advokat bu haqda «ishonchli manbalar»dan ma’lumot olganini yozib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Sog‘liqni saqlash vazirligi Gulnora Karimovani 2017 yilda sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazganda ma’lum bir surunkali kasalliklar borligini aniqlagani xabar qilingan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligining yetakchi mutaxassis shifokorlari uning sog‘ligini nazorat qilib borgan va Karimovaning salomatligi qoniqarli ekani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter