Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Adolat» partiyasidan ham prezidentlikka nomzod ma’qullandi

«Adolat» partiyasidan ham prezidentlikka nomzod ma’qullandi

«Adolat» SD partiyasidan Roba Mahmudova prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, Robaxon Mahmudova 2020-yilning iyulidan Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – ma’muriy ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Robaxon Mahmudova 1968 yili Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2008-yilgacha Oliy sud sudyasi lavozimida ishlagan. 2017−2020-yillar mobaynida O‘zbekiston prezidentining Farg‘ona viloyati bo‘yicha xalq qabulxonasiga rahbarlik qilgan.2020-yilning yanvar -iyul oylari oralig‘ida Oliy Majlis yuqori palatasining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan. O‘sha yilning iyul oyida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring