Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi Raqobat qo‘mitasi xodimining xatosini to‘g‘riladi

Adliya vazirligi Raqobat qo‘mitasi xodimining xatosini to‘g‘riladi

Foto: «Xabar.uz»

Qisqa muddat ichida Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan mazkur yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilib, ijobiy natijalarga erishildi.

O‘tgan uch oy davomida respublika bo‘yicha jami bo‘lib 650 taga yaqin (respublika, viloyat va tuman (shahar) darajalaridagi) tashkilotlarda 7000 dan ko‘p qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Qonunbuzilishlar asosan ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat, kommunal xizmatlari, yer ajratish, ma’muriy javobgarlikka tortish va boshqa sohalarda yo‘l qo‘yilgan.

Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga 290 ta taqdimnomalar (70 nafar aybdor xodimlarga ish beruvchilar tomonidan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi), aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan sudlarga 82 ta taklif kiritildi.

Bundan tashqari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilishlarni oldini olish 2500 dan ortiq ogohnomalar kiritildi.

Aniq misollar keltiriladigan bo‘lsa, Adliya vazirligiga fuqaro U.D. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2018 yil 22 mayda o‘tkazilgan malaka imtihoni natijalari bekor qilinganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan. Mazkur holat vazirlik tomonidan batafsil o‘rganib chiqilib, tegishli amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi, natijada malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirgan 20 nafar fuqaroga, shu jumladan, U.D.ga baholovchi malaka sertifikatlari berilishi ta’minlandi. Qo‘mitaning aybdor xodimiga nisbatan chora ko‘rildi.

Shuningdek, Adliya organlari tomonidan tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari, tuman (shahar) yo‘l ekspluatatsiya korxonalari, avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari huzuridagi ekspluatatsiya liniya korxonalarining faoliyati hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-son qarorining bajarilishi o‘rganildi. O‘rganish davomida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Jumladan, 28 nafar fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilib, 67,4 mln. sum pul mablag‘lari undirib berildi.

Shu bilan birga, obodonlashtirish sohasini hamda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda takomillashtirish yuzasidan 11 ta yo‘nalishda 40 ga yaqin takliflar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

Bundan tashqari, vazirlik tomonidan xalq ta’limi tizimi rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi salbiy omillar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan 11 ta yo‘nalishda 28 ga yaqin takliflar ishlab chiqilib, Prezident devoni hamda Hukumat idoralariga taqdim etildi.

Shu bilan bir qatorda, mamlakatimizning iqtisodiyotini yangi pog‘onaga ko‘tarish, investitsiya muhitini yaxshilash, bozorlar faoliyatini takomillashtirish, qonunchilikdagi kollizion normalarni bartaraf etishga qaratilgan tegishli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori va farmoni loyihalari ishlab chiqilgan.

Ularning biri joriy yilning 1 avgust kuni mamlakatimiz rahbari tomonidan imzolandi, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring