Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi «yaxshi» va «talabga javob bermaydigan» notariuslarni aniqladi

Adliya vazirligi «yaxshi» va «talabga javob bermaydigan» notariuslarni aniqladi

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligi tomonidan 2019-yilning II yarim yillik davomida notariuslarning ish faoliyati sifati ushbu jarayonga uchinchi shaxslar aralashuvini istisno etuvchi avtomatlashtirilgan elektron dastur orqali baholandi.

Sifatni baholashda notarial harakatlar soni, notariusning xizmat faoliyatiga oid ma’lumotlar va uning faolligi kabi mezonlar asos qilib olindi.

Baholash natijalari ko‘ra jami 786 nafar notariuslardan 116 nafari faoliyati «a’lo», 434 nafari faoliyati «yaxshi», 198 nafari faoliyati «qoniqarli» va 38 nafari faoliyati esa «talabga javob bermaydi» deb baholandi.

Barcha davlat idoralari kabi notariuslar faoliyatida ham uyma-uy yurish tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu borada ular tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

2019-yil davomida respublika bo‘yicha jami 3 958 014 ta notarial harakat amalga oshirilib, o‘tgan yilga nisbatan 460 317 taga yoki 10,7 foizga kamaygan bo‘lsa, sayyor notarial harakatlar soni 21 206 taga yoki 89 foizga oshgan.

Adliya vazirligi tomonidan ish faoliyati «a’lo» deb topilgan notariuslarni rag‘batlantirib borish hamda «talabga javob bermaydi» deb baholangan notariuslar faoliyatini yaxshilash choralarini ko‘rish va profilaktik ishlarni amalga oshirish tizimi yaratildi.

Reytingning to‘liq ro‘yxati bilan www.minjust.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring