Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi mansabdorning axloqsiz qilmishiga munosabat bildirdi

Adliya vazirligi mansabdorning axloqsiz qilmishiga munosabat bildirdi

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Xorazm viloyati adliya va FVB boshliqlarining jirkanch ishlari oshkor bo‘lgandi.

Adliya vazirligi holatga munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda qayd etilgan vazirlik hududiy boshqarmasi rahbarining na qonunlarga, na axloq va qadriyatlarga mos kelmaydigan harakatlari bizni chuqur larzaga soldi. Ushbu jinoiy harakat haqidagi bizga ma’lum bo‘lgan vaqtidayoq u lavozimidan ozod etilgan. Unga nisbatan tegishli sud hukmi chiqarilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qonunchilikka ko‘ra sudlar o‘z faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda olib boradi, o‘z hukm-qarorlarini mustaqil ravishda chiqaradi. Shu sababli Adliya vazirligi sobiq xodimga nisbatan sud hukmini sharhlash vakolatiga ega emas», deyiladi vazirlik munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, Mehribonlik uyining voyaga yetmagan bir qancha qizlari bilan 10 oy davomida jinsiy aloqada bo‘lib kelgan mansabdorlar faqatgina 1 yil 6 oy muddatida ozodlikni cheklash jazosiga tortilgan.

Bu jamoatchilik o‘rtasida e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring