Adliya bo‘limlari yilning shu davrigacha 25 mingdan ortiq murojaat qabul qilgan
«Taraqqiyot strategiyasi» markazida jurnalistlar uchun «Sarhisob: Adliya vazirligi tomonidan 2018-yilgi Davlat dasturi ijrosi» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda ma’lum qilinishicha, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan shu kungacha 25 mingdan ortiq murojaat qabul qilinib, qonuniy hal etilgan.
12 mingga yaqin fuqarolarning qabuli amalga oshirilib, 7 mingdan ortiq fuqarolar sayyor tartibda uyma-uy yurib qabul qilindi.
Adliya vazirligi tomonidan 221 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan 44 ta qonun loyihalari ishlab chiqildi. Ushbu ko‘rsatkich Oxirgi uch yil davomida 3 barobarga oshdi.
1 561 ta qonun hujjati loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi, 516 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatiga olindi.
Sudlarga 32 mlrd. so‘mlik 8 mingdan ortiq da’vo arizalari kiritildi.
Kelib tushgan jami 37 mingdan ortiq murojaatlarning qariyb 27 mingtasi qonuniy hal etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter