Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ACTIVIST blogerining 15 sutkaga qamalishi sababi ma’lum qilindi

ACTIVIST blogerining 15 sutkaga qamalishi sababi ma’lum qilindi

You Tube platformasida iste’molga yaroqsiz va muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlaria qarshi kurashib kelayotgan ACTIVIST loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirovning 15 sutkaga qamalgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Toshkent shahar IIBB mazkur ma’muriy jazoning sabablarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bloger joriy yilning aprel oyida tayyorlab e’lon qilgan materialida savdo do‘konlarining birida sotilayotgan turli yogurt mahsulotlarining hammasi harom ekanligi bois ularni iste’mol qilmaslik haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

O‘tkazilgan tekshiruv davomida Hojiakbar Nosirov yuqorida keltirilgan videorolik orqali fuqarolarga turli ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mahsuloti bo‘lgan yogurtlarning tarkibida «karmin» moddasi mavjudligi sababli ularni iste’mol qilish mumkin emasligi xususidagi fikrlarini tegishli soha mutaxassislaridan xulosa olmagan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda bildirganligini ma’lum qilgan.
IIBBga ko‘ra, Konstitutsiyaning 25-moddasiga asosan har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, shuningdek 27-moddasiga binoan shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqiga ega. O‘zbekiston fuqarolarining yuqoridagi kafolatlariga monelik qilish mumkin emas. Ayniqsa alohida shaxslarning o‘z tashabbusi orqali turli masalalarga diniy tus berish orqali o‘zgalarning shaxsiy hayotga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 35-moddasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasi talablari ham buzilgan.

Poytaxt IIBB yuqoridagilarni inobatga olib, Hojiakbar Nosirovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-3-(Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) va 194-moddalariga (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

Yig‘ilgan hujjatlar esa tegishlicha jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan va sud blogerga nisbatan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring