Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abxaziyalik bolakay kitob o‘qish uchun joy qidirib chegaradan o‘tib ketdi

Abxaziyalik bolakay kitob o‘qish uchun joy qidirib chegaradan o‘tib ketdi

Foto: «culture.ru»

Chegara xizmati xodimlari Sochi yaqinida kitob o‘qish uchun joy qidirib yurib, tasodifan Rossiya-Abxaziya chegarasidan o‘tib ketgan abxaziyalik bolakayni topib olishdi, deb xabar bermoqda «TJournal».

Chegarachilar Psou daryosini kechib o‘tayotgan kimsani ko‘rib qolishgan va uni Rossiya hududida qo‘lga olishgan.

«14 yoshli chegara buzuvchi bu harakatini o‘zining sevimli kitobini tinchlikda, tabiat qo‘ynida o‘qishni istagani bilan izohladi.... U qulay joy qidirib ikki davlat qonunchiligini buzishini kutmagan edi»,-degan Rossiya FSBning Krasnodar viloyati chegara boshqarmasi.

Qo‘lga olish chog‘ida o‘quvchi hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan. Rossiya qonunlariga ko‘ra, u ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmagan. Shu sababli u Abxaziya hukumatiga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring