Abramovich «Chelsi»ni sotib, «Valensiya»ni xarid qilmoqchi — The Mirror
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Londonning «Chelsi» klubini sotganidan so‘ng, Ispaniyaning «Valensiya» jamoasini xarid qilishi mumkinligi haqida «The Mirror» xabar berdi.
Abramovich «ko‘rshapalaklar»ning hozirgi xo‘jayini Piter Lim bilan muzokaralarga kirishgan, deyiladi xabarda. Avvalroq Lim ishlari yurishmayotgan «Valensiya»ni sotuvga qo‘ygandi.
«Valensiya»ga asosiy da’vogar tadbirkor Migel Sorio bo‘lib turgandi. O‘zining aytishicha, uning taklifini Lim ko‘rib chiqishga va’da bergan, biroq o‘rtaga Abramovich tushib, savdoni buzgan.
Roman Abramovich «Chelsi»ni 2003-yilda sotib olgandi. Shu o‘tgan yillar davomida London klubi 21 ta sovrin yutdi. 2022-yilning mart oyida Ukrainadagi vaziyat ortidan Angliya premer-ligasi Abramovichni «ko‘klar» boshqaruvidan chetlatdi. Shundan so‘ng boshqaruvni o‘z nomidagi fondga o‘tkazgan Abramovich keyinchalik klubni sotishini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter