Abduqodir Toshqulov eski ishiga qaytdi
O‘zbekiston prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abduqodir Toshqulov lavozimidan ozod qilingani haqida hukumatga yaqin telegram-kanallarda 31 oktyabrda xabar tarqatgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu lavozim tugatilgan hamda Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor etib tayinlangan. U 2017—2021 yillarda shu vazifada faoliyat yuritgan hamda 2021 yilning yanvarida oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri etib ko‘tarilgandi.
2022 yil dekabridagi ma’muriy islohotlar doirasida prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter