Abdulmannop Nurmagomedovning o‘pkasi 75 foiz zararlangan
Aralash jang ustasi Habib Nurmagomedovning murabbiyi va otasi — Abdulmannop Nurmagomedovning o‘pkasi 75 foiz zararlangan. Bu haqda «RBK-sport» portaliga Nurmagomedovlar oilasining do‘sti Ramazan Rabadanov ma’lum qildi.
«U Moskvadagi shifoxonada yotibdi. Insultni boshdan o‘tkazdi, o‘pkasi 75 foiz zararlangan. Vrachlar komaga kiritishdi va chiqarishdi, baribir ahvoli og‘ir, gaplasha olmaydi. Barchamiz uning sog‘ayib ketishiga umid qilamiz», — dedi Rabadanov.
Abdulmannop Nurmagomedov aprel oyining oxirlarida Dog‘istondagi kasalxonaga tushib qolgan, kasalligi nimadaligi ma’lum qilinmagandi. Rabadanov uning o‘pkasi shamollaganini aytgandi. Keyinchalik Abdulmannop Nurmagomedovning o‘zi ahvoli yaxshiligini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter