Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Qurbonov litsenziyasidan ajraldi

Abdulla Qurbonov litsenziyasidan ajraldi

Foto: «YouTube»

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning chiqargan videosiga haqoratomuz tarzda o‘z munosabatini yo‘llagan xonanda Abdulla Qurbonov tomonidan san’atkor odobiga to‘g‘ri kelmaydigan noo‘rin so‘zlar orqali muborak Ramazon oyida keng ommaning g‘ashiga tegish hollari kuzatildi, deb xabar berdi «O‘zbekkonsert».

A.Qurbonovning ijtimoiy tarmoqlardagi ketma-ket chiqargan bunday nomaqbul audio-videolari o‘z navbatida yoshlar orasida va jamoatchilik o‘rtasida salbiy fikr uyg‘otmasdan qolmadi hamda noroziliklarga sabab bo‘ldi.


Mavzu doirasida: «Madaniyatni bilgan odam...» Ahmoqona tomosha tugadimi?

Yuqorida holatlar bo‘yicha xonandaga «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan bir necha marotaba ushbu noo‘rin munosabatlarni to‘xtatish to‘g‘risida ogohlantirish berildi. Bunga qaramasdan xonanda tomonidan nojoiz munosabatli fikrlarni keng ommaga tarqatish yana takrorlandi.

Shu bois litsenziat A.Qurbonov bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.9-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar muntazam ravishda buzilganligini inobatga olib, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Qurbonov Abdulla Akbarovich nomiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 5706-son litsenziyaning amal qilishi 2019-yil 31-may kunidan tugatildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring