Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Kecha, 22 iyul kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston hukumati delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh vazirlar Abdulla Aripov va Qohir Rasulzoda boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona va ishonchli munosabatlar rivojlanishning mutlaqo yangi dinamikasiga ega bo‘lgan ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda davlatlar rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari oldiga kun tartibini yangi loyihalar bilan to‘ldirish vazifasini qo‘yganligi ta’kidlangan.

Ta’kidlanishicha, ikki davlat prezidentlari o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari hajmini kelgusida 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq vazifa qo‘ygan.

Uchrashuvda ma’lum qilinishicha, «Oybek» – «Fotexobod» o‘tkazish punktlarida «O‘zbekiston – Tojikiston» xalqaro chegara savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.

Shuningdek, delegatsiyalar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish, transport va logistika masalalaridagi hamkorlikni izchil chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring