Abdulla Aripov ertaga Moskvaga boradi
2019-yil 10-iyul kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tashrif dasturida 30 may kuni Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilish uchun Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi hududida «O‘zbekiston» pavilonida hamda qator korxona va tashkilotlarda bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter