AQShning yangi elchisi O‘zbekistonga keldi
2019-yil 24-may kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizda yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblumni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazir elchidan ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilib, uni qutladi va missiyasida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va o‘zbek-amerika munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Shuningdek, halqaro va mahalliy ahamiyatga ega alohida mavzular ham ko‘rib chiqilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter