Abdulaziz Komilov ShHT bosh kotibi bilan uchrashdi

6-iyul kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va ShHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari hamda Tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishlari kun tartibi va tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzuidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyasida ShHT delegatsiyasining ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter