Abdulaziz Komilov AQShda Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha Vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi
![Abdulaziz Komilov AQShda Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha Vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1919910675.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 16-23-iyul kunlari amaliy tashrif bilan AQShga boradi va Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha ikkinchi Vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi. Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi bor O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov rasmiy delegatsiya tarkibida Vashington shahriga tashrif buyurib, konfessiyalararo iftorda va mamlakatimizda e’tiqod erkinligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter