Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Uendi Sherman bilan suhbatlashdi
2021-yilning 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi o‘rinbosari Uendi Sherman bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Amerika hamkorligining turli masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi vaziyat va Afg‘onistondagi voqealar rivoji yuzasidan fikr almashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter