Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hojatxonadan chiqqan o‘g‘ri yoxud yerto‘la eshiklari mahkammi?

Hojatxonadan chiqqan o‘g‘ri yoxud yerto‘la eshiklari mahkammi?

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 12-mart kuni o‘g‘rilik sodir etildi. Qiziq tomoni, o‘g‘rilar hojatxona orqali xonadonga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Jinoyat soat 08.00 dan 16.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida sodir etilgan va 28 yoshli Zilolo X. xonadonidan 500 ming so‘m pul hamda 32 dyuymli televizor o‘g‘irlangan. O‘g‘rilar shundan so‘ng yana qayta hojatxona orqali chiqib ketishgan.


Ayni vaqtda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, gumondor shaxslarni qo‘lga olish ishlari olib borilmoqda. O‘z navbatida Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ko‘pqavatli uylarda istiqomat qiladigan fuqarolarga murojaat qiladi va yerto‘la eshiklarini muntazam ravishda yopib yurishni so‘raydi. Shu bilan birgalikda xonadon ichidan o‘tgan shaxta eshiklariga hushyor bo‘lishlari tavsiya etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring