Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

90-daqiqada penalti. Muxlislar hakamdan o‘ch olishdi

90-daqiqada penalti. Muxlislar hakamdan o‘ch olishdi

Superliga 5-turi doirasidagi dastlabki va markaziy uchrashuv Namanganda o‘tib, mezbonlarning alamli mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvning 41-daqiqasida Cheran chiroyli gol bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 71-daqiqada Solovev – Golban – G‘ofurovning kombinatsiyasini Isoqjonov gol bilan yakunladi – 1:1.

O‘yinning kulminatsion voqeasi 90-daqiqada yuz berdi. Uchrashuv bosh hakami VAR orqali «Navbahor» darvozasiga penalti belgilashga qaror qildi. Nuqtaga yaqinlashgan Cheran dublini rasmiylashtirib, «Paxtakor»ga mavsumdagi ketma-ket 5-g‘alabani keltirdi.

O‘yindan so‘ng namanganlik muxlislar hakamlardan norozi ekanliklarini bildirishdi. Tasvirga olingan videoda «Navbahor» darvozasiga penalti belgilagan hakamga stadionga kelgan muxlislar o‘yin tugagach, turli xil chiqindilarni otishgani aks etgan.

Superliga. 5-tur

7-aprel (chorshanba)

«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:2

Hakam: Firdavs Norsafarov (Qarshi)

Gollar: Islombek Isoqjonov, 71 - Dragan Cheran 41, 90 penaltidan.

«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panjshanbe (28.Nikola Tasich, 71), 19.Mirzohid G‘ofurov, 22. Igor Golban, 24. Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 88. Slavisha Stoyanovich (70. Abbos G‘ulomov, 58).

«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg‘unboyev (18.Hojimat Erkinov, 46), 10.Dragan Cheran, 19.Sharof Muhiddinov (14.Humoyunmirzo Iminov,72), 21.Abrorbek Ismoilov, 23.Sherzod A’zamov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Farrux Sayfiyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring