Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9 oyda qancha elektr toki o‘g‘irlangani aytildi

9 oyda qancha elektr toki o‘g‘irlangani aytildi

O‘tgan 9 oy davomida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish tufayli tizimga 26,1 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan 2022-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida vakolatli organ bilan kelishilgan holda o‘tkazilgan tadbirlarda 35 kV va undan yuqori elektr qurilmalariga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari, energo tizimi korxonalari, davlat tashkilotlarida hamda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha jami 718 ta holat aniqlandi. Buning natijasida, elektr va issiqlik energiyasidan noqonuniy foydalangan 440 ta iste’molchi tomonidan 87,1 mlrd.so‘m yetkazilgan zarar bo‘yicha qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi.

Tekshiruvlarda noqununiy ulangan, qoniqarsiz texnik holatdagi jami 3608 ta elektr qurilmaning ishi hamda xavfsizlikka rioya qilmagan 35 ta brigadaning ishi to‘xtatildi. 250 ta mas’ul xodimlarga tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

Shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan 758 ta iste’molchi tomonidan tizimga 26,1 mlrd.so‘m zarar yetkazilgan.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring