Toshkent: 9 oyda yer bilan bog‘liq 2 mingta qonunbuzilish holatlari aniqlangan
Bugun, 28-oktyabr kuni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan joriy yil 9 oyi davomida sohada amalga oshirilgan ishlar hamda poytaxt hududidagi yerlarning o‘zboshimcha o‘zlashtirilish holatlari mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda poytaxt hududidagi yerlarning o‘zboshimcha o‘zlashtirilish holatlari va ularga ko‘rilayotgan choralar xususida ham gap borgan.
Agentlik Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashxodjayevning bu borada bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida Boshqarmaning tuman Yer va kadastr nazorati bo‘limlari inspektorlari tomonidan Toshkent shahri hududida joylashgan yerlar bilan bog‘liq (umumiy 29,83 gektar) 2000 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Bunda:
- MJTK 60-modda 2 va 3 bandlariga asosan o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olish yuzasidan 721 ta holatda 21 461 250 000 so‘m;
- MJTK 68-modda 1-bandiga asosan Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish yuzasidan 25 ta holatda 24 210 000 so‘m;
- MJTK 68-1-moddaga asosan belgilangan muddatda Davlat ro‘yxatidan o‘tmaganlik yuzasidan 920 ta holatda 2 793 150 000 so‘m jarima qo‘llanilgan.
«Jami 2 000 ta yer qonun buzuvchiga nisbatan 24 278 610 000 so‘m jarima qo‘llanib, shundan 4 968 190 000 so‘m undirilgan. Qolgan 1 020 ta hujjatlar ish jarayonida», – deydi Bekzod Tashxodjayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter