Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

86 turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etiladi

86 turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etiladi

2025-yil 14-mart kuni Prezidentning «Mahsulotlar eksporti tartib-taomillarini takomillashtirish va qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-47-son Farmoni qabul qilindi.

Farmon mazmuni eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.

Hujjat bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab 86 turdagi quyidagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etildi va ularning stavkalari tasdiqlandi:

  • Charm xomashyosi va yarim tayyor charm mahsuloti, ipak xomashyosi, paxta ip-kalavasi va trikotaj mato tovarlariga

(Amalda mazkur tovarlarni eksport qilish uchun uyushmalarning yig‘imlari belgilangan bo‘lib, endilikda ular bekor qilindi.)

  • Go‘sht mahsulotlari, bug‘doy, don, guruch, mineral o‘g‘itlar, charm xomashyosi, PET chiqindilar, rangli metall lom va chiqindilariga

(Amalda ushbu tovarlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qarorlari asosida ruxsat berilgan holda eksport qilish mumkin edi. Endi ushbu talablar bekor qilindi).

  • O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat yaratish, qayta ishlash sanoatini qo‘llab quvvatlash maqsadida respublikada ishlab chiqariladigan strategik xomashyo mahsulotlariga (tabiiy gaz, paxta tolasi, paxta linti, mineral o‘g‘itlar, polietilen, polipropilen, polisterol, polietilentereftalat, PVX, mis xomashyosi).

Qayd etilishicha, mazkur Farmon:

  • eksport tartib-taomillarini yanada takomillashtirish,
  • mahalliy xom ashyo asosida qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish,
  • qayta ishlash sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring