8-sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqova «Spark» yutib oldi
«Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovining 10-14 yosh toifasi bo‘yicha yakuniy bosqichi g‘olibi aniqlandi. Bu haqida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.
Tanlovda 14 nafar yigit-qiz o‘zaro bellashdi. Yakunda Prezident sovg‘asining egasi, eng yaxshi kitobxon aniqlandi. Unda Paxtachi tumanidagi 24-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqova g‘olib deb topilib, «Spark» avtomobilini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinni toshkentlik Salohiddin Qahhorov, 3-o‘rinni esa farg‘onalik Dilrabo O‘tkirova egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter