Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

77 yoshli aktyor «Kalmar o‘yini»dagi roli uchun «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi

77 yoshli aktyor «Kalmar o‘yini»dagi roli uchun «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi

O Yon Su.

Foto: «Kalmar o‘yini» serialidan kadr.

77 yoshli aktyor O Yon Su koreys aktyorlari orasida birinchi bo‘lib «Oltin globus» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda «Oltin globus» saytida ma’lum qilindi.

Koreys aktyori «Kalmar o‘yini» serialidagi roli (001-o‘yinchi) uchun «Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak aktyor» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Serialni tomosha qilganlar yaxshi bilishadi, O Yon Su shov-shuvli serialda tuzalmas kasallikka yo‘liqqan 001-raqamli keksa o‘yinchi obrazini gavdalantirgan. Serial oxiriga borib jabrlanuvchi aslida kim bo‘lgani oydinlashadi...

O Yon Su 1944-yilning 1-oktyabrida tug‘ilgan. 19 yoshida teatrda debyut qilgan. 200 dan ortiq rollari bor. Vatanida Dong-A teatr mukofoti (1979), Baeksang Arts Award mukofoti (1994) va Koreya milliy teatr assotsiatsiyasining eng yaxshi erkak aktyor nominatsiyalarini qo‘lga kiritgan. Ammo global miqyosda shon-shuhratga «Kalmar o‘yini» orqali erishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring