6,7 mln kishi ko‘rikdan o‘tkaziladi — SSV
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 18-maqsadi — Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish doirasida:
- Profilaktik ko‘rik va skrining tekshiruvlari natijasida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini 55 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda:
- 6,7 mln nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida eng ko‘p uchraydigan yurak qon-tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida profilaktik ko‘riklar o‘tkaziladi.
Kasallik aniqlangan fuqarolarni individual sog‘lomlashtirish choralari ko‘riladi, deyiladi SSV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter