65 yil birga yashagan amerikalik er-xotin qariyalar uyida bir kunda vafot etdi (foto)
65 yil birga turmush qurgan amerikalik Jek va Xarriyet Morrisonlar Sent-Luis (Missuri shtati) shahrida bir kunda hayotdan ko‘z yumishdi. Bu haqda «St. Louis Post-Dispatch» gazetasi xabar bergan.
86 yoshli Morrison va uning 83 yoshli turmush o‘rtog‘i 11-yanvar kuni bir necha soat farq bilan vafot etishdi. Gazetaning yozishicha, qariyalar uyida bir-birining qo‘llaridan ushlab yotishi uchun ularning karavotlari yonma-yon joylashtirilgandi.
Jek va Xarriyet 1955-yili Xellouin kuni tanishgan. Ular 1956-yil 5-may kuni turmush qurishgan. Er-xotin ikki nafar o‘g‘ilni voyaga yetkazishgan.
Qariyalar uyiga Morrisonlar sog‘ligi tufayli bir yil oldin tushishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter