6 oyda onlayn qimorda yutqazgan 6 kishi o‘z joniga qasd qilgan. Hammasi 25 yoshgacha bo‘lganlar
Joriy yilning 6 oyida onlayn qimorda yutqazgan 6 nafar fuqaro o‘z joniga qasd qilib vafot etgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun javobgarlik belgilashga oid qonun loyihasi muhokamasida ma’lum qilingan.
Deputat Kusherbayevning ma’lum qilishicha, onlayn qimorda yutqazganligi sababli 2021-yilda 6 nafar va 2022-yilning 6 oyida 6 nafar fuqaro o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan.
«Ularning barchasi 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bo‘lgan», – deb yozmoqda deputat.
Qayd etilishicha, onlayn qimorga oid hujjat loyihasi bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeklarga o‘zlartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter