6 oyda bojxona postlarida qariyb 205 kilogram narkotik moddalar ushlab qolingan
Bojxona organlari tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida jami 9 915 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, 496 mlrd so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan. Shu bilan birga 632 mlrd so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilgan.
Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov ma’lum qildi.
Bojxona postlarida aniqlangan giyohvandlik vositalari esa 204,9 kilogramni tashkil qilgan.
Shuningdek:
- 124,5 ming dona kuchli ta’sir etuvchi moddalar;
- 2 206 dona psixotrop moddalar;
- 441 dona o‘q;
- 643 dona gilza;
- 12 dona qurollar ushlab qolindi.
Bundan tashqari, umumiy qiymati 37,5 mlrd so‘mni tashkil etuvchi, 1,6 mln quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Madaniy va tarixiy merosni asrab qolish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida esa 2 614 dona madaniy boyliklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning 1-yarim yilligida Davlat budjetiga 25,5 trln so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari undirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter