6 oyda 100 nafarga yaqin bola vafot etgan. Senatda buning sabablari muhokama qilindi

Bugun, 5-avgust kuni ham davom etgan Senatning yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisida ichki ishlar vazirining 2022-yilning birinchi yarim yilligida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Unda Respublika hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish ishlari ham bugungi kun talabi darajasida tashkil etilmagani tanqid ostiga olindi.
Qayd etilishicha, oriy yilning o‘tgan 6 oyida bolalar bilan bog‘liq 595 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 529 nafar bola jarohatlangan, 97 nafari halok bo‘lgan.
Mazkur masala atroflicha muhokama qilindi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning 6 oyi davomida sodir bo‘lgan 542 ta YTHlarda 458 nafar bola jarohatlangan, 104 nafari halok bo‘lgan. Halok bo‘lgan bolalar soni 2020-yilning 6 oyiga nisbatan 33,3 foizga ortgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter