5852 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytishni so‘rab murojaat etgan
Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xidayxo‘jayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifing davomida bir qator ma’lumotlar berildi.
«22 mart holatiga ko‘ra operativ shtablarga 5852 nafar O‘zbekiston fuqarolari va 2820 nafar chet el fuqarolari vatanga qaytishni so‘rab murojaat etdilar.
Rossiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Malayziya, Koreya Respublikasidan 7 ta charter reyslari orqali jami 1750 dan ortiq fuqarolarimiz O‘zbekistonga qaytarildi va 14 kunlik karantinga olindi.
Turli yo‘nalishlarda 19 ta charter reyslari hamda Rossiya, Turkiya va Koreya Respublikasidan muntazam charter reyslarini tashkillashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan kelishuvga erishildi.
Rossiyaning migratsiya qonunchiligini buzgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan jazo choralar ko‘rishni vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida kelishuvga erishildi», — Jahongir Xidayxodjayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter