Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan yana ikki bemor vafot etdi

Koronavirusga chalingan yana ikki bemor vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrida yashagan 50 yoshli R.D. (erkak)da 16-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. 

SSV xabar berishicha, bemorga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan.

Shuningdek, bemor qandli diabet, gipertoniya va epilepsiya hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

***

Poytaxtlik 61 yoshli M.M. (erkak) 10-iyul kuni o‘zida koronavirus infeksiyasining belgilarini sezgach, uyda davo muolajalarini olgan. Biroq ahvoli og‘irlashgach, 20-iyul kuni shifokorga murojaat qilgan va tibbiyot muassasasida statsionar rejimda davolanishga o‘tkazilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, gipertoniya hamroh kasalliklari ham bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring