50 yoshdan oshgan abituriyentlar soni 672 ta — DTM
O‘zbekistonda 25 yoshdan kichik abituriyentlar soni 862 977, 25-30 yosh oralig‘ida — 103 276, 40-50 yoshlilar — 14 014, 50 yoshdan kattalar — 672 nafarni tashkil etadi. Bu haqda Davlat test markazi 12-avgust kuni AOKAda o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.
Bu yilgi test imtihonlarida yosh cheklovi bekor qilingani sabab, nuroniylar ham talaba bo‘lish umidida oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishgan.
Kecha test sinovlarida jami 32 555 abituriyent ishtiroki belgilangan. Biroq imtihonga 31 ming 565 abituriyent kelgan. 972 nafari turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmagan. 5 abituriyent hududga kirishda, 13 nafari esa binoda qoidaga xilof harakatlar aniqlangani uchun chetlatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter