Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

50 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi — Adliya vazirligi

50 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi — Adliya vazirligi

Foto: Adliya vazirligi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jurnalist va bloger uchun ochiq muloqot bo‘lib o‘tganidan boxabarsiz. Vazir Ruslanbek Davletov «kirish so‘zi»da fakt va raqamlarni deyarli tilga olmagan bo‘lsa-da, vazirlikning 2019-yilgi faoliyatiga oid hisobotida e’tiborga molik ishlar talaygina ekanini ko‘rish mumkin.

Demak, «hisobot»dan ko‘chirma: «Adliya vazirligi birinchilar qatorida ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ishga tushirdi. Jumladan, bugungi kunda Feysbuk tarmog‘idagi «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsii» guruhi auditoriyasi 10 mingdan ziyod kishidan iborat. Har kuni mazkur veb-maydoncha orqali yuzlab savollar, taklif va izohlar kelib tushadi. Xodimlar  ularga tezkorlik bilan javob berish, huquqiy masalalarda tushuntirishlar berishga harakat qilmoqda.

Muloqot nafaqat virtual makon, balki bevosita joylarda ham yo‘lga qo‘yilgan. Adliya bo‘limlari ma’lum ma’noda xalq bilan davlatni bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. Ular tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolarga real yordam va ko‘mak ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili adliya organlariga 100 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu 2018-yilgi ko‘rsatkichdan qariyb ikki barobar ko‘pdir. Ularning 86 mingdan ziyodi hal qilindi, 57 ming fuqaroning huquqlari tiklandi.

Xususan, o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish bo‘yicha o‘tkazilgan bir martalik aksiya doirasida 400 mingdan ziyod kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi. Ya’ni, 400 mingdan ortiq oila o‘z uy-joyiga, kichik vataniga nisbatan huquqiy kafolatlarni qo‘lga kiritdi. Ikki oy davomida maxsus aksiya doirasida 2000 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Sudlarga 360 ta ariza yuborildi, 30 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya talab qilindi, 50 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, adliya organlari tomonidan joylarda fuqarolarning mehnat huquqi sohasidagi bilimi va huquqlariga rioya etilishi yuzasidan aksiya o‘tkazildi. Bu borada o‘tkazilgan so‘rovlarda davlat organlari va tashkilotlardagi 106 311 nafar xodimlar ishtirok etdi. O‘tkazilgan o‘rganishda 8 422 ta qonun buzilishlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga 279 ta taqdimnoma, 931 ta ogohnomalar kiritildi. Tadbir natijasida jami 2 048 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring